Hurmatli aviayo'lovchilari!

27 февраля, 2023

Hurmatli aviayo'lovchilari!

Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi qirollik aeroportlarida faoliyat yurituvchi barcha aviakompaniyalar uchun yo‘lovchilarga o‘z bagajlarida Zam-Zam suvi quyilgan shishalarini olib yurishni taqiqlovchi yangi sirkulyar chiqardi.

Zam-Zam suvini tashish faqat Umra va Haj vizasi bo'lgan ziyoratchilarga ruxsat etiladi. Har bir ziyoratchiga Saudiya Arabistonidan Podshoh Abdulloh nomidagi Zam-Zam zavodida ishlab chiqarilgan 5 litr hajmdagi bitta idishda Zam-Zam suvini olib chiqishga ruxsat berildi.

Qanot Sharq aviakompaniyasi suvni chamadon va sumkalarga joylashtirmaslikni, aksincha, 5 litr Zam-Zam suvini alohida topshirishni iltimos qiladi. Ogohlantiramiz, agar yo‘lovchining chamadonida suv topilsa, Saudiya Arabistoni aeroportlari xavfsizlik xizmati chamadonni reysdan olib qo‘yadi va yuk yo‘qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Qanot Sharq aviakompaniyasi yo‘lovchilariga Saudiya Arabistonidan 20 kg yuk, 5 litr Zam-Zam suvi hamda 5 kg qo‘l yuki olib ketishga ruxsat berilgan.

Читайте также