"Qanot Sharq" aviakompaniyasi nomidan Yangi yil tabrigi

21 декабря, 2023

      Hurmatli yo'lovchilar va hamkorlar!

Sizni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024 yil bilan chin dildan tabriklayman! 

Yangi yil – bu bayramona kayfiyat ulashish va shu bilan birga natijalarni baholash va yangi istiqbollarni belgilash davridir.

O’tib ketayotgan yilda "Qanot Sharq" aviakompaniyasi o'zining 25 yilligini nishonlaganini ma’lum qilish menga katta quvonch va hayajon bag’ishlaydi, chunki bu ishonchlilik, sifatli xizmat va xavfsiz tashish timsolidir. Ushbu davr davomida biz aviatsiya sohasida eng zo’r tajribalarni taqdim etish umumiy maqsadi sari birlashgan professional jamoani shakllantirdik. 

O'zbekiston aviatsiya tizimida monopoliya bekor qilinganidan so’ng "Qanot Sharq" AK o'z aviaparkini faol ravishda kengaytirib bormoqda. Shunday qilib, 2021 yilda biz ikkita Airbus A320 CEO samolyotini, 2022 yil oktyabr oyida ikkita Airbus A321 NEO Cabin Flex samolyotii, 2023-yil sentabr oyida esa biz Airbus A330 CEO samolyotini sotib oldik. 

"Qanot Sharq"ning parvozlar geografiyasi faol ravishda kengayib borayotganidan faxrlanamiz. Bugungi kunga kelib xalqaro yo’nalishlarimiz Rossiya, Tailand, Isroil, Saudiya Arabistoni va Misrga bo’lgan reyslarni o’z ichiga olgan. Bu yil kompaniyamiz sertifikatlash jarayonidan muvaffaqiyatli o’tib, ‘EASA.TCO’ ruxsatnomasini go'lga kiritish orqali o’z faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu hujjat aviakompaniyaning Yevropa Ittifoqi hududida parvoz qilish huquqini tasdiqlaydi.

Biz hozirda Xitoy va Janubiy Koreyaga reyslarni ochish imkoniyatlarini o'rganib, yo’nalishlar tarmog'ini kengaytirish ustida ishlamoqdamiz. Ushbu strategik qadamlar aviakompaniyamizning rivojlanishidagi yanada yangi bosqich bo'ladi.

Butun "Qanot Sharq" jamoasi nomidan aviakompaniyamizga bo’lgan ishonchingiz uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Biz eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishga tayyormiz va yangi 2024 yil o’zi bilan yangi uchrashuvlar, jonli tadbirlar va muvaffaqiyatli parvozlarni olib kelishiga aminmiz.

Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz do'stlar! Yangi yil sizga quvonch, farovonlik va ko'plab unutilmas lahzalarni baxsh etsin!

Hurmat bilan,

Moisey Pak 

"Qanot Sharq" aviakompaniyasining Bosh direktori

Читайте также