Ekipaj bilan tanishuv

27 января, 2024

Hurmatli yo'lovchilar, Qanot Sharq aviakompaniyasining havo kemasi komandiri — Ravshan Isakov bilan tanishing! 

Salkam 40 yillik ish tajribasi davomida Ravshan Isakov Yak-18T, Yak-40, RJ 85, Boeing 757, Boeing 767 samolyotlarida uchgan, hozirda Airbus A320CEO, Airbus A321NEO Cabin Flex samolyotlarini boshqarmoqda. Jami 21 400 soatdan ortiq parvoz qilgan va 50 dan ortiq mamlakatlarda bo’lgan. Futbolga qiziqadi. 

Birinchi parvozi davomida qanday hissiyotlarni boshdan kechirgani haqida so’ralganda, Ravshan Isoqov shunday javob berdi: “Men har safar muvaffaqiyatli parvozning muhim sharti bo’lgan jamoaviy ruh va mas’uliyat hissini boshdan kechiraman”.

Iskandar Sharafov surati.

Читайте также