Praga-Toshkent: «Qanot Sharq» to‘gridan-tog‘ri muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi

27 февраля, 2024

2024 yilning 18 aprelidan «Qanot Sharq» aviakompaniyasi Toshkent-Praga-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi va bu bilan Yevropa bo‘ylab sayohat qilish hamda Chexiya va O‘zbekiston o‘rtasida ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. O‘zbekiston poytaxtiga parvozlar haftada bir marta payshanba kunlari amalga oshiriladi. Aviachiptalar aviakompaniyaning qanotsharq.com veb-sayti orqali xarid qilinishi mumkin. 

«Qanot Sharq» aviakompaniyasi Bosh direktori Moisey Pak Toshkent-Praga reysining ishga tushirilishi aviakompaniyaning Yevropa shaharlariga yo‘nalishlar ochish rejasidagi eng birinchi pog‘onasi ekanligini aytib o‘tdi. U aviakompaniya Buyuk Ipak Yo‘li davrida shakllangan ezgu an‘analarni davom ettirayotganidan faxrlanishini ta’kidladi. Moisey Pak yangi yo‘nalish ikki mamlakat madaniyatini yanada chuqurroq tushunish, do‘stligini mustahkamlash va uzoq muddatli biznes loyihalarni amalga oshirish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishiga umid bildirdi.

Praga aeroportining Aviatsiya biznesi direktori Yaroslav Filip O‘zbekiston bilan aloqalar ular uchun joriy yilning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini tasdiqladi. «Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish bizning uzoq muddatli maqsadimiz edi. Ushbu yo‘nalishning ishga tushirilishi «Qanot Sharq» aviakompaniyasi bilan bir yildan ortiq davom etgan muzokaralarimiz natijasidir. 2019 yilda, Covid-19 pandemiyasidan oldin, Chexiyaga Markaziy Osiyo davlatlaridan deyarli 70 ming sayyoh tashrif buyurgan. Yangi yo‘nalish bajarilishining birinchi yili davomida undan 15 000 dan ortiq yo‘lovchi foydalanishini kutmoqdamiz. Shu bilan birga, yangi reyslar yuk aviatashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi».

Chexiya poytaxti Praga Yevropaning eng maftunkor va mashhur sayyohlik jo‘nalishlaridan biridir. Shahar diqqatga sazovor bo‘lgan tarixiy va madaniy joylarga boy, masalan, Avliyo Vitus sobori joylashgan Praga qal’asi, Karl ko‘prigi, Astronomik soati bor Staromest maydoni, shuningdek, ko‘plab qasrlar, muzeylar va o‘rta asrdan qolgan tor ko‘chalar. Praga o‘zining go‘zal me‘morchiligi, jumladan gotika, barokko va renessans uslubidagi binolari bilan ham mashhur. Bundan tashqari, shahar musiqa festivallari, opera tomoshalari va ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan boy madaniy dasturlarni taklif etadi. O‘zining yaxshi rivojlangan infratuzilmasi, zamonaviy kongress markazlari va qulay transport aloqalari tufayli Praga ishbilarmonlar uchun anjumanlar, seminarlar va biznes uchrashuvlarni o‘tkazish uchun ham qulay joy hisoblanadi. Bundan tashqari, ishbilarmon sayohatchilar uchun shaharda turli xil mehmonxonalar, restoranlar va ko‘ngilochar maskanlar mavjud.

Chexiya dam olish va davolanish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. «Karlovi Vari» o'zining mineral suv manbalari va davolash muolajalari bilan mashhur, «Spindleruv Mlin» qishki sport turlari uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ajoyib tog‘ chang‘i kurortidir. «Krkonoshe» va «Bogemiya jannati» milliy bog‘larida piyoda sayr qilib, tabiatdan rohatlanish mumkin. «Marianske Lazne» esa, o‘z navbatida, hordiq chiqarish va qayta tiklanishga yordam beruvchi  termal buloqlar va SPA muolajalari bilan mashhur.

Ma’lumot: 1998-yilda tashkil etilgan «Qanot Sharq» aviakompaniyasi o‘z faoliyati davomida yuk va yo‘lovchilarni aviatashuvini tashkil qilib kelmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston aviatsiya tizimida monopoliya bekor qilingandan so‘ng kompaniya samolyotlar sotib oldi va hozirda «Qanot Sharq» aviaparkida 6 ta zamonaviy samolyot bor: 2 ta Airbus A320CEO, 2 ta Airbus A321NEO, 2 ta Airbus A330CEO. «Qanot Sharq» aviakompaniyasi Jidda, Madina, Moskva, Sankt-Peterburg, Pxuket orollari, Fukuok, Kamran, Tel-Aviv, Istanbul, Sharm-ash-Shayx kabi shaharlarga parvozlarni amalga oshiradi va o‘z parvozlar geografiyasini  Bangkok, Bali oroli, Kuala-Lumpur, Madrid, Milan, Parij, Sanya, Seul, Shanxay yo‘nalishlari bilan kengaytirishni rejalashtirgan. 

Читайте также