

11 марта, 2026
Hurmatli yo‘lovchilar, Qanot Sharq aviakompaniyasi 11-mart kuni Toshkent – Dubay (TAS–DWC) yo‘nalishi bo‘yicha HH901 рейсини amalga oshiradi. Toshkentdan uchish vaqti — mahalliy vaqt bilan 10:10. Chipta savdosi aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida va mavjud agentlik platformalari orqali ochiq. qanotsharq.com

03 марта, 2026
Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar sababli Dubaydan bekor qilingan reyslar bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘paydi. Noma’lum shaxslar pul evaziga arab mamlakatlaridan “olib chiqishni tashkil etish” yoki shoshilinch uchib ketishga yordam berishni taklif qilmoqda. Bunday takliflar noqonuniy ekanini va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini eslatib o‘tamiz. Hushyor bo‘lishingizni va bunday e’lonlarga ishonmasligingizni so‘raymiz. Ishonchli ma’lumot olish uchun faqat Qanot Sharq aviakompaniyasining rasmiy aloqa kanallariga murojaat qiling: Instagram: qanotsharq Telegram: qanotsharq Veb-sayt: qanotsharq.com Call-markaz: +998 55 557 77 77

12 декабря, 2025
Flotimiz kengaymoqda! 12 dekabr kuni Airbus A321XLR ni kutib olamiz!

15 декабря, 2025
Londonga 15-dekabrdan boshlab Airbus A321XLR bortida to'g'ridan-to'g'ri reyslar! Buyuk Britaniya poytaxtiga sayohatingiz bizning eng yangi, ultra-zamonaviy Airbus A321XLR samolyotimiz bortida amalga oshadi – u maksimal qulaylik va uzoq masofali parvozlar uchun yaratilgan.



