header logo
Рус
O'z
Eng
UZS
AQSH dollari $
Yevro
Rossiya rubli
O'zbek so'mi UZS

3.7. Bolalarni tashish

3.7.1. Aviakompaniya tomonidan bolalarni tashish shartnomasini bajarish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilishi, tashish amalga oshiriladigan har qanday davlatning hududiga, hududidan yoki hududi orqali tegishli davlat organlarining amaldagi qonunlari, qoidalari va talablariga bo‘ysunadi.

3.7.2. Kuzatuvchi bilan bolalarni tashish

3.7.2.1. “Qanot Sharq” MChJ ikki yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni ota-onasi yoki voyaga yetgan, muomalaga layoqatli yo‘lovchi hamrohligida, bir xil xizmat sinfida tashishni amalga oshiradi.

3.7.2.2. Ikki yoshgacha bo‘lgan bitta bola “Qanot Sharq” MChJ tomonidan alohida o‘rinsiz, ammo chipta rasmiylashtirilishi sharti bilan, voyaga yetgan yo‘lovchi hamrohligida, “Qanot Sharq” MChJ tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq tashiladi.

3.7.2.3. Olti yoshgacha bo‘lgan bola, shuningdek, o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan nogiron bola faqat voyaga yetgan yo‘lovchi hamrohligida tashiladi.

3.7.2.4. “Qanot Sharq” MChJ olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni voyaga yetgan yo‘lovchi hamrohligisiz tashimaydi.

3.7.2.5. Agar ikki yoshgacha bo‘lgan bola uchun hamroh yo‘lovchining iltimosiga ko‘ra alohida o‘rin ajratilsa, bunday bola “Qanot Sharq” MChJ tomonidan tasdiqlangan tariflarga muvofiq chegirma bilan tashiladi.

3.7.2.6. Yo‘lovchi bilan birga sayohat qilayotgan ikki yoshgacha bo‘lgan boshqa bolalar, shuningdek ikki yoshdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar “Qanot Sharq” MChJ tomonidan ularga alohida o‘rin ajratilgan holda, tasdiqlangan tariflarga muvofiq chegirma bilan tashiladi.
3.7.2.7. Bolaning yoshi tashish hujjatida ko‘rsatilgan jo‘nab ketish aeroportidan (punktidan) tashish boshlanish sanasiga ko‘ra aniqlanadi. Bolaning tug‘ilgan sanasi yo‘lovchi chiptasida ko‘rsatilishi shart. Chipta rasmiylashtirilayotganda va ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bolaning yoshini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi lozim.

3.7.2.8. Agar bolaga hamroh bo‘lgan yo‘lovchi tashish boshlanganidan so‘ng Havo transportida yo‘lovchini tashish shartnomasi shartlarini ixtiyoriy ravishda o‘zgartirsa, bolaning chiptasi jo‘nab ketish aeroportidan (punktidan) tashish boshlangan sanadagi bolaning yoshiga mos tarif bo‘yicha qayta rasmiylashtiriladi (almashtiriladi).
Izoh:
Aviakompaniya 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni (ikki yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha) ota-ona yoki voyaga yetgan muomala layoqatiga ega yo‘lovchi hamrohligida, bir xil xizmat ko‘rsatish sinfida tashishni amalga oshiradi.
Voyaga yetmagan bola ota-onasi bo‘lmagan, lekin muomala layoqatiga ega yo‘lovchi hamrohligida tashilsa, bunday tashish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtirilgan, bolaning qonuniy vakillari tomonidan notarial tasdiqlangan rozilik mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Aviakompaniya 16 (o‘n olti) yoshdan 18 (o‘n sakkiz) yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan yo‘lovchilarni ota-ona, farzand asrab oluvchilar, vasiylar yoki homiylar hamrohligisiz va “UM” xizmatisiz, ikkala ota-ona (qonuniy vakillar) tomonidan ushbu voyaga yetmagan yo‘lovchiga mustaqil parvoz qilish uchun berilgan notarial tasdiqlangan rozilik (ruxsat) mavjud bo‘lganda tashishni amalga oshiradi.

 

Homilador ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tashish Yo‘lovchilarni, bagajni va yuklarni havo orqali tashish qoidalari

3.10.1. Homilador ayollarni tashish “Qanot Sharq” MCHJ homilador ayol va homila uchun tashish vaqtida yoki natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush oqibatlar uchun javobgar emasligi sharti bilan amalga oshiriladi. Bu holat ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yo‘lovchi tomonidan imzolangan tegishli majburiyat (1-ilova) bilan tasdiqlanadi.

3.10.2. Homiladorlik muddati 27 (yigirma yetti) haftagacha bo‘lgan ayollar “Qanot Sharq” MCHJ tomonidan havo transportida tashishga, homiladorlikni kuzatayotgan shifokor tomonidan berilgan va homiladorlik normal kechayotganini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilganda, qabul qilinadi. Ushbu ma’lumotnomada shifokor havo transportida tashishga qarshi ko‘rsatmalar yo‘qligini qayd etishi kerak. Ma’lumotnoma havo tashuvi boshlanishidan kamida 7 (yetti) kun oldin rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.

3.10.3. Yangi tug‘ilgan, yoshi 7 (yetti) kundan kichik bo‘lgan chaqaloqlarni tashish “Qanot Sharq” MCHJ tomonidan faqat ota-onalar bolalarining sog‘lig‘iga tashish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar uchun kompaniya javobgar emasligini tasdiqlovchi, ro‘yxatdan o‘tishda imzolangan tegishli majburiyat (3-ilova) asosida amalga oshiriladi.